Fransiyaning ilmiy tadqiqotlar milliy markazi olimi Alber Jambon bronza asriga oid temir buyumlarning sezilarli qismi meteorit metallaridan tayyorlanganini isbotladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Jambon Tutanxamonning miloddan avvalgi 1350-yilga mansub bilaguzugi, toji va xanjarini, shuningdek, miloddan avvalgi 1400-yillarga mansub boltaning kimyoviy tahlilini o‘tkazgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bu barcha buyumlar bronza davrida meteorit temiridan tayyorlangan, uning yakuni miloddan avvalgi 1300—1100-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda temir buyumlar anchagina kamyob bo‘lgan, ularning soni 1200-yillarga kelib ko‘paygan. Jambonning tadqiqoti meteorit temiridan turli xalqlar foydalanganini ham ko‘rsatadi.