7—9-dekabr kunlari Buxoro va Urganch san’at kollejlarida germaniyalik violonchelchi Aleksey Stadler va “So‘g‘diyona” o‘zbek davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestrining cholg‘uchilari Bekzod To‘rayev (nay) hamda Shohyor Bahromov (g‘ijjak) ishtirokida konsert bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Konsert dasturida Yevropa va rus klassik asarlari, shuningdek, o‘zbek kompozitorlarining asarlari ijro etiladi.

Bundan tashqari, Buxoro va Urganchdagi musiqa maktablarining o‘quvchilari uchun mahorat maktablari ham tashkil etiladi.