Saksoniya federal yeri sudi Germaniya kansleri Angela Merkel va tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriyelning ism-familiyasi tushirilgan kichik dorlarni sotishga ruxsat berdi, deb xabar beradi Zeit Online.

Foto: Zeit Online

Sud qarorida mazkur mahsulot “ommaviy tarzda jinoiy harakat sodir etishga chorlov” emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan tashqari, qarorda bunday buyumlar sotuviga ruxsat berilishini shuningdek, “siyosiy o‘limni tilash ramzi” sifatida ham tushunilishi mumkinligi qayd etilgan.

Hukmda mazkur ish kelgusida bo‘ladigan harakatlarga o‘rnak emasligi va jinoiy harakatlar belgilarini o‘z ichiga olgan har bir holat alohida ko‘rilishi kerakligi ta’kidlangan.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur turdagi buyumlar ilk marotaba 2015-yilda Drezdenda bo‘lib o‘tgan Pegida islomga qarshi harakat namoyishlarida paydo bo‘lgan.

Sirtmoqlarga “Angela uchun olib qo‘yilgan”, “Zigmar uchun olib qo‘yilgan” so‘zlari yozilgan taxtachalar yopishtirilgan edi. Hozirgi vaqtda mazkur buyumlar suvenir tariqasida 15 yevrodan sotilmoqda.