7-dekabr kuni tongda bitkoin kursi ilk marta 15 ming dollardan oshdi, deb yozadi Afisha Daily.

Foto: Getty Images

Toshkent vaqti bilan soat 13:24 da qayd etilgan maksimumda kriptovalyuta qariyb 15,1 ming dollarga baholangan bo‘lsa, keyinroq uning narxi 15 ming dollarga tushgan.

Bu kechagi savdolar yopilgan vaqtdagi ko‘rsatkichdan 17,8 foizga ko‘p.

Kecha, 6-dekabr kuni kriptovalyuta birjalarida bitkoinning qiymati 13 ming dollardan oshgan edi.