Asosiy kriptovalyuta — bitkoinning kursi 16 ming dollardan oshdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: Misto News

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, CoinDesk birjasida uning narxi 15834,6 dollar, Coinmarketcap’da esa 16380 dollar bo‘lib turibdi.

7-dekabr kuni kriptovalyuta kursi qariyb 2 ming dollarga ko‘tarildi. Muqaddam uning qiymati 15 dollardan oshgani xabar qilingan edi.