AQShning Alabama universiteti talabasi Kelsi Xoll 3-dekabr kuni kulgili archa kostyumini kiyib, suratga tushdi va agar mazkur post 1000 ta retvit yig‘sa, semestr oxirigacha shu ko‘rinishda yurishga va’da berdi. Bu haqda Afisha Daily xabar bermoqda.

Foto: Afisha Daily

Talaba qiz ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan alohida faollikni kutmagan edi, shuning uchun ham universitetga archa kostyumida borishiga to‘g‘ri kelmasligiga qattiq ishondi. Avvallari uning Twitter’dagi tvitlari besh marta retvit qilinar edi.

Biroq, uning yangi posti dam olish kunlarida 20 ming marta retvit qilindi. Shuning uchun Xoll dushanba kuni o‘qishga Rojdestvo archasi kostyumida keldi.

“Imtihonlardan avvalgi so‘nggi hafta, shuning uchun ham hamma o‘qish tufayli hayajonda. Mening kostyumim esa hammani xursand qiladi, deb o‘yladim”, — deb yozdi Xoll.

Xollning kursdoshlari uning tajribasini kuzatishda davom etmoqda. Semestr oxirigacha ikki kun qoldi.