7-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Xalq so‘zi Onlayn”

1. Shavkat Mirziyoyev 2018-yil nomini Oliy Majlisga taqdim etadigan Murojaatnomasida ma’lum qiladi. Murojaatnoma “yaqin kunlarda” taqdim etilishi kutilmoqda.

2. Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Konstitutsiyasi yaratilishi jarayonida qatnashganimdan faxrlanaman. Prezident ma’ruzasidan boshqa iqtiboslar: “Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?”; “Tadbirkorning yo‘liga to‘siq bo‘lish — davlatga xiyonat!”; “Qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hibsxonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi”; O‘zbekistonda Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentligi tashkil etiladi; O‘zbekistonda maktablar 10 yillik bo‘ladi.

3. Human Rights Watch O‘zbekistonda “avval bo‘lmagan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar”ni ko‘rdi. Alohida progressni tashkilot dolzarb mavzularni ko‘tarishni boshlagan OAVlar faoliyatida ko‘rmoqda.

4. 2018-yilning 1-yanvaridan UzCard DUET kartalari bo‘yicha tranzaksiyalarni to‘xtatadi. Bu turdagi kartalar orqali 2017-yil uchinchi choragida amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 65 barobarga kamaygan.

5. Bitkoin kursi ilk marta 15 ming dollardan oshdi. 6-dekabr kuni kriptovalyuta birjalarida bitkoinning qiymati 13 ming dollardan oshgan edi.