AQShning Rolling Stone jurnali 2017-yilning eng yomon filmlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Reytingda birinchi o‘rinni Maykl Beyning “Transformerlar: So‘nggi ritsar” filmi egalladi.
Ikkinchi o‘ringa “Qorong‘u minora”, uchinchi o‘ringa “Ellik tusga qorong‘uroq” filmlari “munosib” ko‘rildi.
O‘nlikka, shuningdek, “Qo‘shiq ketidan qo‘shiq”, “Mumiya”, “Oramizda tog‘lar bor”, “Valerian va ming sayyora shahri”, “Salom ota, Yangi Yil!” va “Suburbikon” filmlari kirdi.