Anqara politsiyasi muxolif siyosatchi va diniy arbob Fathulloh Gulenning jiyani — Salim Gulenni ushladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Salim Gulen 2016-yil iyulidagi davlat to‘ntarishida ishtirok etishda ayblanmoqda.
Mazkur operatsiya doirasida politsiya Gulen tashkilotiga a’zoligi tasdiqlangan 87 kishidan 47 nafarini qo‘lga oldi.
Avgust oyida Anqara sudi 486 gumondor ustidan sud jarayonini boshlagan edi.
Izoh (0)