Konversion kartalar egalari chet eldagi bankomatlardan hech qanday cheklovsiz valyuta yechib olish, ta’lim, davolanish, aviachiptalar, mehmonxonalar, internet-do‘kondagi xaridlar uchun kartadagi mablag‘larni ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Markaziy bank naqd pul yechib olishning kunlik va oylik cheklovlarini bekor qildi. Endilikda konversion kartalardan naqd pulni cheklanmagan miqdorda yechib olish mumkin.
Shuningdek, konversion kartalarga qo‘yilgan turli mamlakat va maqsad cheklovlari bekor qilindi — endilikda jahonning barcha davlatlaridagi har qanday do‘kon yoki mehmonxonada ushbu mablag‘dan foydalanish mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini xarid qilish imkoniyati ham taqdim etildi. Endi iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bank hisoblari orqali chet el valyutasini xarid qilishi mumkin.
Izoh (0)