Dartagnans kraudfanding platformasining 6,5 ming foydalanuvchisi Fransiyaning g‘arbida joylashgan Mot-Shandenye qal’asini sotib oldi. Ular buning uchun besh kundan kamroq vaqt ichida 500 ming yevro yig‘di. Endi ular arxitektura yodgorligini ta’mirlashi kerak, deb yozmoqda TJournal.

Foto: TJournal

Mablag‘ yig‘ish 1-dekabr kuni tunda boshlangan. Xarid uchun pul qo‘shgan har bir kishi aksionerga aylanadi va qal’ani tiklash ishlarini kuzatish huquqiga ega bo‘ladi. Loyihaga 51 yevrodan ko‘proq qo‘shgan aksionerlar qal’aga 2018-yilning boshida tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Hozircha binoda yashab bo‘lmaydi. Uning tomi buzilgan va devorlari ko‘chib tushgan, ta’mirlash ishlari 2018-yilning bahorida boshlanadi.

Foto: TJournal

XIII asrda barpo etilgan Mot-Shandenyening egasi 2013-yildan buyon yangi xaridorlarni izlagan. Kampaniya yakuniga yetishi uchun bir million yevro yig‘ilishi kerak. Mualliflar qal’ani qayta tiklab, unga ikkinchi hayot berish uchun ta’mirlash ishlariga mablag‘ topishni rejalashtirmoqda.