Yevropa Chempionlar Ligasining “D” guruhida ishtirok etgan Kataloniyaning “Barselona” klubi pley-offga peshqadam sifatida yo‘l oldi.

Foto: Getty Images

So‘nggi turda “Sporting”ni qabul qilgan “Barsa” 2:0 hisobida zafar quchdi. Portugaliya klubiga qadar kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan himoyachi Jeremi Matyo bellashuvda o‘z darvozasiga gol urib, sobiq jamoadoshlariga qarashib yubordi. Shu tariqa Ernesto Valverde jamoasi guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi.

“Yuventus” esa Gretsiyada ishonchli g‘alabaga erishdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. “Sporting” endi o‘z omadini Yevropa Ligasida sinab ko‘radi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“D” guruhi. 6-tur o‘yinlari

5-dekabr, seshanba

“Barselona” — “Sporting” 2:0

Gollar: Pako Alkaser, 59 (1:0). Jeremi Matyo, 91+ avt (2:0).

“Olimpiakos” — “Yuventus” 0:2

Gollar: Xuan Kuadrado, 15 (0:1). Federiko Bernardeski, 90 (0:2).

Foto: FotMob