Chempionlar Ligasining “B” guruhini Parij klubi peshqadam sifatida yakunladi. To‘plar nisbatidagi ustunlik “PSJ” uchun qo‘l keldi.
Myunxenda mehmon bo‘lgan Unai Emeri jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bunga qadar parijliklar ketma-ket 5 ta uchrashuvda yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Qayd etish kerak, “PSJ” o‘tgan hafta yakunida Fransiya chempionatida ham ilk mag‘lubiyatiga rozi bo‘lgandi.
“Bavariya” bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan “PSJ” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga rozi bo‘ldi
“Bavariya” va “PSJ”ning Parijda kechgan birinchi o‘yinida nemislar 0:3 hisobida yengilgan va klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’fo berishga majbur bo‘lgandi. Shundan so‘ng jamoani qabul qilib olgan Yupp Xaynkes “Bavariya”ni yana eski mavqesiga qaytara oldi. Uning boshqaruvida qayta o‘t olgan “nemis mashinasi”, Yevropaning eng kuchli klublaridan biri deya e’tirof etilayotgan “PSJ” ustidan ham ishonchli g‘alabaga erishdi.Guruhdagi ikkinchi bellashuvda Brendan Rojers boshqaruvidagi “Seltik” o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi. Vaholanki shotlandlar Belgiyada kechgan birinchi uchrashuvda 3:0 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi. Shu tariqa to‘plar nisbati va o‘zaro o‘yinlardagi natijasi nisbatan yaxshiroq bo‘lgan “Seltik” xalqaro maydondagi ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “B” guruhi. 6-tur o‘yinlari 5-dekabr, seshanba
Izoh (0)