AdMe kuchli iroda va esda qolarli obrazi orqali seriallarni yanada qiziqarliroq qilgan qahramonlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Kler Andervud — “Qartadan qurilgan uy”

Foto: AdMe

“Taqlid qilsa arzigulik namuna” — Kler Andervudni aynan shunday ta’riflashadi. U xayriya ishlari bilan shug‘ullanib, AQSh prezidentiga aylanadi, shu bilan birga u doim jozibador ko‘rinishga ega. Robin Rayt Kler roli uchun “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan.

Liza Kaddi — “Doktor Xaus”

Foto: AdMe

O‘zining aqli va tirishqoqligi bilan 29 yoshida shifoxonaning eng yosh boshqaruvchisiga aylangan. Kaddi — qaysidir darajada Xausni boshqarishga qodir yagona inson. Liza Edelshteyn ushbu rolni maromiga yetkazib ijro etgan.

Emi Farra Dauler — “Katta portlash nazariyasi”

Foto: AdMe

O‘zining aqliy salohiyati bilan serialning bosh qahramoniga qarshilik ko‘rsata olgan neyrobiolog. Emi avvaliga o‘zini kibrli tutgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan yoqimtoy qizaloqqa aylanib boradi.

Dolores Abernati — “Yovvoyi G‘arb olami”

Foto: AdMe

O‘z tarixini o‘zi yozgan, butun umr “muhtoj ayol” bo‘lib qolmaslik uchun harakat qilgan, shu bilan birga o‘zining jozibadorligi va muloyimligini yo‘qotmagan qahramon.

Lagerta — “Vikinglar”

Foto: AdMe

O‘z oilasi sha’nining himoyasi yo‘lida barcha narsaga tayyor jangchi ayol. Lagerta — o‘ziga tegishli bo‘lgan yerlarni qaytarib olishga va butun xalqni boshqarishga qodir jangchi.

Mishon — “Tirik murdalar”

Foto: AdMe

Uning tashqi ko‘rinishi va qilichni mohirona o‘ynatishi ko‘plab “murda”larni qo‘rquvga soladi, qat’iyati, jasurligi va do‘stlariga sodiqligi esa odamda iliq taassurotlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.

“O‘n uchinchi” (Remi Xedli) — “Doktor Xaus”

Foto: AdMe

O‘zining qobiliyati va nostandart davolash usuli bilan doktor Xausning jamoasidan o‘rin olgan ajoyib shifokor.

Iren Adler — “Sherlok”

Foto: AdMe

Ushbu ayol o‘zining hayratlanarli go‘zalligi, aqli va xarakteri bilan nafaqat ulkan iqtidor egasi Sherlok Xolmsni, balki barcha tomoshabinlarni ham o‘ziga maftun etgan.

Dana Skalli — “Maxfiy materiallar”

Foto: AdMe

Barchaga birdek yoquvchi FQB agenti. Dana ish jarayoni vaqtida doimo paranormal holatlarga duch keladi. Uning xarakterini bukib bo‘lmaydi, professionalligi va ishonchi serialning birinchi qismlaridanoq odamni o‘ziga jalb qiladi.

Odri Xorn — “Tvin Piks”

Foto: AdMe

Umidsiz Odri Xord o‘zida Tvin Piksning sirliligini va go‘zalligini aks ettiradi. U istagan narsasini qo‘lga kiritishga qodir, ammo shu bilan birga haqiqat uchun doim mardonavor kurashadi.