Chukotka yarim orolining janubida hududga xos bo‘lmagan, AQShda o‘sadigan tashqi ko‘rinishidan ilonni eslatuvchi yirik suv o‘tlari kelib qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Suv o‘tlarining uzunligi uch-to‘rt kishining bo‘yicha keladi. Joriy yilda kuchli shamoldan so‘ng yarim oroldagi plyajlarda “dengiz ilonlari”ni tez-tez kuzatish mumkin bo‘ldi.

Foto: “RIA Novosti”

Dengiz to‘lqinlari orasidan ko‘zga tashlangan jigarrang “tana” va “bosh”lar dengizchilar e’tiborini tortdi. Ayrimlar ularni yirik qurtlar yoki fanga ma’lum bo‘lmagan dengiz ilonlari deb taxmin qilgan. Ayrimlar esa suv o‘tlarini qandaydir “mutantlar” deb hisoblagan.

Foto: “RIA Novosti”

Nereotsis Lyutke — bu qoramtir suv o‘tlari vakili. U asosan Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qirg‘oqlarida o‘sadi.

Suv o‘tining uzunligi 25 metrgacha yetadi, uning uchida pufak bo‘ladi. O‘zining katta hajmiga qaramay, suv o‘ti bir yillik hisoblanadi.