Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilari barcha zamonlarning eng zerikarli filmlarini aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Kinopoisk.ru”

Short-listni yetakchi kinotanqidchilar tuzib chiqdi, so‘ng uning asosida so‘rov o‘tkazildi.

Birinchi o‘rinni “Kulrangning ellik tusi” (2015) filmi 34 foiz ovoz bilan egalladi.

Ikkinchi o‘rinni — “Blerlik jodugar” (1999) 29 foiz ovoz bilan band etdi. Uchinchi o‘rin sohibi — “Yulduzli janglar: 1-sahna — Yashirin tahdid” (1999) 26 foiz ovoz oldi.

Ro‘yxatga, shuningdek, “Bukri tog‘”, “Transformerlar”, “Pochtachi”, “Artist”, “Avstraliya”, “Vanil osmon” va “Tibetda yetti yil” filmlari kirdi.