Rossiyaning “Kultura” telekanali ijodkorlari Qoraqalpog‘iston madaniyati va san’ati haqida hujjatli filmni tasvirga olish uchun Nukusga keldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.

Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Rossiyaning “Kultura” telekanali ijodiy guruhi a’zolari o‘z ishini Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida rus va o‘zbek musavvirlarining portret janridagi ko‘rgazmasi bilan tanishishdan boshladi.

Hujjatli film obyektlari sifatida Nukus madaniyat va san’at kolleji, Xo‘jaylidagi “Mizdakxan” yodgorligi tanlangan. Shuningdek, telekanal ijodiy guruhi Mo‘ynoq tumanida ham bo‘ldi.

Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Mazkur tadbirlar hujjatli filmni tasvirga olishning birinchi bosqichi bo‘lib, keyingi bosqich kelgusi yilning mart oyida davom ettiriladi.