Lamborghini kompaniyasi Urus krossoverining seriyali variantini taqdim etdi. Bentley Bentayga’dan ham kuchliroq deya ta’riflangan avomobilning premyerasi Sant-Agata-Bolonezadagi maxsus tadbirda bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Autonews.

Foto: Autonews

Lamborghini Urus’ning uzunligi 5112 millimetrga, eni 2016 millimetrga, balandligi esa 1638 millimetrga teng. G‘ildirak bazasining o‘lchamlariga 3003 millimetrni tashkil etadi. Yukxona bo‘lmasining sig‘imi 616 litrga teng bo‘lib, orqa o‘rindiqlar olib tashlansa u 1596 litrgacha kengaya oladi.

Foto: Autonews

2200 kilogramm og‘irlikka teng krossover 650 ot kuchiga ega to‘rt litrli benzin agregatli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Shunday qilib, Urus Lamborghini markasining tarixidagi birinchi seriyali avtomobilga aylandi.

Foto: Autonews

Lamborghini Urus 100 kilometr/soat tezlikka 3,6 soniyada chiqa oladi, maksimal tezligi esa soatiga 305 kilometrni tashkil etadi.

Lamborghini Urus’ning haydovchisi avtomobilni oltita rejimda boshqarishi mumkin: Strada (“Shosse”), Sport (“Sport”), Corsa (“Poyga”), Sabbio (“Qum”), Terre (“Tuproq”) hamda Neve (“Qor”).

Foto: Autonews

Krossover to‘liq raqamli panel qurilma va multimedia kompleksi bilan jihozlangan. Ular ikkita katta sensorli displey orqali boshqariladi. Yuqori displey multimedia kompleksini, pastkisi esa konditsioner va boshqa funksiyalarni boshqarishga mo‘ljallangan. Bir qator funksiyalarni ovoz yordamida ham boshqarish mumkin.