BAAning Dubay shahrida joylashgan Dubay-Marina tumanidagi osmono‘par binolar orasida Xline nomli dunyodagi eng katta ziplayn (arqonli yo‘l) ochiladi. Uning uzunligi bir kilometr, balandligi esa 170 metrni tashkil qiladi. 16 darajali qiyalikdagi ikkita yo‘nalishda soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanish mumkin bo‘ladi. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.

Foto: UAE Inside

Barcha tashrif buyuruvchilar o‘zining arqon bo‘ylab harakatini shlemga o‘rnatilgan Go-Pro kamerasida tasvirga oladi. Videoni elektron pochta orqali olish mumkin bo‘ladi. Xline’ga chiquvchilarning yoshi 12 dan 65 gacha, vazni esa 50—100 kilogramm bo‘lishi kerak. 18 yoshgacha bo‘lganlar esa ota-onasidan birining nazorati ostida bo‘lishi talab qilinadi.