Britaniyaliklar “Qattiq yong‘oq”ni Rojdestvo filmi sifatida tan olmadi. The Independent tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Qattiq yong‘oq” filmidan kadr

Bryus Uillis bosh rolni ijro etgan film 1988-yilda ekranlarga chiqdi. Uning voqealari Rojdestvoda ro‘y beradi, biroq, respondentlarning yarmisiga ko‘ra, bu kartina bayramona hisoblanishi uchun yetarli emas.

Gazeta barcha davrlarning eng mashhur Rojdestvo filmini ham aniqladi. U Billi Uaylderning 1960-yilda suratga olingan “Kvartira” kartinasi bo‘lib chiqdi. Jek Lemmon va Shirli Makleyn bosh rollarni o‘ynagan film “Oskar”ning besh mukofotiga loyiq ko‘rilgandi.