AQShning Michigan shtati rasmiylari Silverdoum stadionini portlatishga urinib ko‘rdi, biroq bunga muvaffaq bo‘linmadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, asosiy joylardagi 10 foiz zaryad elektr simlaridagi nosozlik sababli ishlamay qolgan.

Portlatishni amalga oshirgan Adamo kompaniyasi stadion har qanday lahzada qulab tushishi mumkinligini ma’lum qilgan. Stadionni buzish bo‘yicha takroriy urinish joriy haftada bo‘lib o‘tadi.

Stadion 1975-yilda ochilgan va 1994-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilgan.