O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

“Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.

Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta’kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.