2-dekabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilyonida Umar va Umida ismli juftlikning dabdabali to‘yi bo‘lib o‘tdi. Kelinning libosi, hashamatli dekoratsiya hamda kechaga tashrif buyurgan taniqli shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Foto: Instagram / @fer_uzbek_daily

To‘yda rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov Farhod Alimov, Dildor Islomova, Nilufar Sotiboldiyeva kabi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan boshlovchilik vazifasini ado etdi.

https://www.instagram.com/p/BcNquR-B9UI/?taken-by=lasposauz

https://www.instagram.com/p/BcNqRUDB4Fj/?taken-by=lasposauz

Kechaga Rossiya estrada yulduzi Timatining tashrifi esa, ma’lumotlarga ko‘ra nafaqat mehmonlar, balki kelin-kuyov uchun ham kutilmagan hol bo‘ldi. To‘y aks etgan videolarda Timati kuylay boshlanaganida mehmonlar sahnaga yaqin kelib uni telefonlari yordamida suratga ola boshlagani, bu esa sahna oldida tartibsizlikni keltirib chiqarganini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mazkur holatga munosabat bildirar ekan, “Mehmonlar Timatini ko‘rib, to‘yda o‘tirganini esdan chiqarib qo‘ydi, hatto kelin va kuyovni ham unutishdi go‘yoki to‘y sababchisi ular emas, balki Timatidek”, “Bu to‘ymi yoki konsertmi? Odamlarimizda madaniyat yo‘q” qabilidagi izohlarni yozib qoldirdi.

https://www.instagram.com/p/BcO-AathvGk/?taken-by=lasposauz

https://www.instagram.com/p/BcP4bCFhx4G/?taken-by=lasposauz

https://www.instagram.com/p/BcP4oaMhWnW/?taken-by=lasposauz

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rashid Xoliqov va Sevara Nazarxon ham qo‘shiq kuylagan.