“KRuz.uz” sayti telegramdagi kanali orqali “2017-yil qoraqalpoq estradasidagi eng faol ayol xonanda kim?” nomli so‘rovnoma o‘tkazdi.

Foto: “KRuz.uz”

So‘rovnomada 125 ishtirokchi ovoz berdi.

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Sarbinaz Annaqulova ortda qolayotgan yilda qoraqalpoq estradasidagi eng faol ayol xonanda deb topildi.

Reytingning to‘rtinchi o‘rnini 6 foiz ovoz to‘plab, Gulnigar Sapayeva egallagan bo‘lsa, 10 foiz ovoz to‘plagan Gulnaz Utepova uchinchi, 15 foiz ovoz olgan Aygul Nadirova ikkinchi o‘rindan joy oldi.