Koreya xalq armiyasi bosh shtabi rahbari Ri Myon Su KXDR va Janubiy Koreya chegarasidagi Pxanmunjom punkti chegara bo‘linmasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda 4-dekabr, dushanba kuni KBS telekanaliga Janubiy Koreya hukumatidagi manbasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tekshiruv 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Bu Shimoliy Koreya rasmiylari Koreya xalq armiyasi askarining qurolsizlantirilgan hududdan qochib o‘tishi bilan bog‘liq hodisaga katta e’tibor qaratayotganligidan guvohlik beradi.
Avvalroq Pxanmunjomdagi hodisadan so‘ng Shimoliy Koreya tomonidan 40 nafar chegarachi almashtirilganligi haqida ma’lum qilingan edi. Hozirda bu kabi holatlarning oldini olish uchun KXDR harbiylari chegaradagi o‘tish joyida beton devor qurmoqda.
Izoh (0)