Italiya A seriyasining 15-turi doirasida barcha yetakchi klublar maydonga tushib ulgurdi. Bugun — 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan 2 ta bellashuv bilan mazkur tur bellashuvlariga yakun yasaladi. Ammo ular turnir jadvalining yuqori qismiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.
Milanning “Inter” klubi mazkur turdan keyin ham mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki mavsumdagi eng yirik g‘alabasini nishonladi hamda A seriya peshqadamiga aylanib oldi.
Uchrashuvda xet-trik qayd etgan xorvatiyalik Ivan Perishich quvonchini yashira olmadi. Mavsum boshida unga bir qator klublar qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, futbolchining aytishicha, bosh murabbiy Luchano Spaletti uni “Inter”da qolishga ko‘ndira olgandi.
A seriya. “Napoli”da mavsumdagi ilk mag‘lubiyat. “Yuventus” 20 yil deganda Neapolda gol o‘tkazmadi
Mazkur shaharning yana bir jamoasi “Milan” muvaffaqiyatsiz o‘yinlar sabab Montelloni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga jamoaning sobiq futbolchisi Jennaro Gattuzoni vaqtincha tayinlagandi. Gattuzo boshqaruvida “Milan” ilk o‘yindayoq ochko yo‘qotdi. Ahamiyatli tomoni, milanliklar bungacha ketma-ket 14 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, kuchli beshlik antirekordini yangilagan “Benevento”ni taslim qila olmadi.Italiyaning “Benevento” klubi kuchli beshlik antirekordini yangiladi — 13 ta o‘yin va 13 ta mag‘lubiyat
“Milan” g‘alabani deyarli naqd qilib turgandi. So‘nggi soniyada esa jarima maydonchasini tashlab chiqqan darvozabon Alberto Brinyoli “Benevento”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va jamoasiga A seriyadagi dastlabki ochkoni olib berdi.Posbonning aytishicha, u uchib kelayotgan to‘pni ko‘rgan va ko‘zlarini yumib zarba bergan. Ochganida esa jamoadoshlariga unga qarab yugurib kelayotgandi. Gattuzo esa so‘nggi daqiqadagi goldan keyin ortidan pichoq urilgandek o‘zini his qilgani va hech qachon shu tariqa gol o‘tkazishini o‘ylamagani haqida aytdi.
Italiya A seriyasi 15-tur bellashuvlari 2-dekabr, shanba
“Torino” — “Atalanta” 1:1
Gollar: Nikolya Nkulu, 45 (1:0). Yosip Ilichich, 54 (1:1).3-dekabr, yakshanba
Izoh (0)