Dekabr oyi magnit bo‘ronlariga boy bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: NASA

Ularning dastlabkisi 4—7-dekabr kunlari kuzatiladi. Kelgusi bo‘ronlar esa 11—13-dekabr kunlari kutilmoqda.

18-dekabr kuni Yerga kuchli magnit bo‘roni yopiriladi. U bir kunda o‘tib ketadi, biroq shiddatli bo‘ladi.

Shifokorlar magnit tebranishlari davrida jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan tiyilishni maslahat beradi. Shuningdek, alkogol va tamakidan voz kechish, taomlanish tizimini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi.