Reddit servisi foydalanuvchisi uyidagi deraza tokchasida yotgan sakkizta o‘lik o‘rgimchakning suratini joyladi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

O‘rgimchaklar kuchli yomg‘ir tufayli nobud bo‘lgan.

“Siz Viktoriya shtatida yashasangiz, bu sizga tanish holat. Derazalaringiz yopiqligiga ishonch hosil qiling!”, — deb yozadi surat muallifi.

Suratni izohlagan foydalanuvchilar Avstraliya uchun bu oddiy hol ekanligini yozib qoldirgan.

Avstraliyalik qiz derazasi tokchasidan topib olgan o‘rgimchaklar juda xavfli hasharot hisoblanadi. U “Avstraliya bevasi” deb nomlanadi va bu o‘rgimchakni Avstraliyadagi istalgan joyda uchratish mumkin. Mazkur turdagi o‘rgimchaklar namlikdan yashirinib, xonadonlarda kun kechirishga intiladi. O‘rgimchak insonni chaqadi va u inson salomatligi uchun o‘ta xavfli.