Rossiyalik qo‘shiqchi Alla Pugachyova nima sababdan shoshilinch tarzda qiziqchi Maksim Galkin bilan nikohdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi 7MedNews.

Foto: “Aprilclub.net”

O‘tgan hafta Rus pravoslav cherkovi arxiyereylari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda cherkov qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Endi nikohdan o‘tmoqchi bo‘lganlarning birortasi uch marta ajrashib ulgurgan bo‘lsa, ularning nikoh marosimini o‘tkazishiga ruxsat berilmaydi.

Pugachyova esa besh marta ajrashgan. Allaga kimdir bo‘lajak o‘zgarishlar haqida oldindan xabar berib, shoshilishni aytganligi taxmin qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Muqaddam 68 yoshli Alla Pugachyova 41 yoshli Maksim Galkin bilan cherkovda diniy nikohdan o‘tdi. Bunga qadar ular olti yil davomida rasmiy nikohda yashab kelgan edi.

Muxlislar 68 yoshli xonanda og‘ir xastaligi tufayli o‘limi oldidan nikohdan o‘tganini taxmin qilgan edi. Ammo Pugachyova bu gaplarni tasdiqlamadi. U mazkur marosim farzandlari va eri uchun ekanligini ta’kidlash bilan cheklandi.