Rasmiy Pxenyan AQSh va Janubiy Koreya tomonidan 4–8-dekabr kunlari o‘tkaziladigan Vigilant ACE harbiy mashg‘ulotlarini provokatsiya sifatida baholadi va bu yadroviy urushga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bayonot “Nodon sinmun” gazetasida chop etildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Bu KXDRga qarshi ochiq va total provokatsiyadir, bu har qanday lahzada yadroviy urushga sabab bo‘lishi mumkin”, — deyiladi maqolada.
“KXDRga qarshi qaratilgan mashg‘ulotlar o‘z joniga qasd qilish misoli ahmoqona qadam bo‘ladi”, — ta’kidlanadi bayonotda.
Izoh (0)