AQShning The Tokens guruhi yakkaxoni Mitch Margo 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Los Angeles Times gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Musiqachining qarindoshlari Margo 24-noyabr kuni Kaliforniyadagi uyida hayotdan ko‘z yumganini aytdi, lekin bu haqda endi ma’lum bo‘ldi. Uning vafoti sabablari aniqlashtirilmayapti.
Margo The Tokens guruhida 1960-yildan ishtirok etib kelgan. Guruh The Lion Sleeps Tonight qo‘shig‘i tufayli shuhratga erishdi — u “Qirol sher” multfilmining saundtreklaridan biri edi.
2004-yili jamoa vokal guruhlar shuhrat zaliga kiritildi.