Xonanda Hadicha Qurbonova “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan tuzgan bitimining ayrim bandlarini qo‘pol ravishda buzgani uchun, uning litsenziyasining amal qilish muddati 30-noyabrdan tugatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, Hadicha Qurbonova bilan tuzilgan litsenziya bitimining uchta bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi sababli xonandaning litsenziyasi 2017-yil 30-noyabrdan tugatilgan.