IShID terrorchi guruhi a’zolarining bolalari va xotinlari oxirgi vaqtlarda Suriya va Iroqdan Germaniyaga qaytmoqda. Ular mamlakat uchun tahdid tug‘dirishi mumkinligi haqida konstitutsiyani himoya qilish idorasi rahbari Xans-Georg Masen DPA’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Mintaqadagi vaziyat tufayli jangovar harakatlar ishtirokchilari oila a’zolarini xavfsiz joyga — G‘arbga jo‘natish haqida o‘ylamoqda. Gap nemislar haqida ketganda, ular federativ respublika hududiga kirish huquqiga ega”, — dedi u.
“Ayrim bolalar IShID hududidagi maktablarda yo‘ldan urilgan va radikallashib ketgan. Bu biz uchun muammodir, negaki bolalar va o‘smirlar ba’zan xavfli bo‘ladi”, — qo‘shimcha qildi Masen.
Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi yillarda IShID hududida yashagan ayollar ham xavf tug‘dirishi mumkin:
“Ular ko‘pincha IShIDning radikal mafkurasiga qo‘shiladi. Bu ular terakt uyushtirishga tayyor degani emas, lekin ulardan ko‘z uzmaslik kerak”.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)