Shvetsiyaning Saab aviasozlik kompaniyasi 9g yuklamali JAS 39C Gripen qiruvchisining parvozi aks etgan videoni taqdim etdi. Video kabinadagi uchuvchining shlemiga mahkamlangan kamera yordamida olingan. Bu haqda The Aviationist xabar berdi.

Foto: The Aviationist

Samolyotni Saab kompaniyasining sinovchi uchuvchisi Andre Brannstrem boshqargan. U uchish va qo‘nishni, shuningdek, yuqori mahorat talab qilinadigan bir qator harakatlarni namoyish etgan.

JAS 39 Gripen ko‘p nishonli to‘rtinchi avlod qiruvchisi hisoblanadi. Bu turdagi samolyot Shvetsiya harbiy-havo kuchlari tarkibida 1997-yildan buyon mavjud. Shuningdek, u Braziliya, Chexiya, Vengriya, JAR va Tailand qurolli kuchlarida ham ishlatiladi.