Angliyaning “Everton” klubi Ronald Kumandan keyin bo‘shab qolgan o‘rinni Sem Ellardaysga topshirdi. 1-dekabr kuni Sem Liverpul klubi tomonidan rasman tanishtirildi.
Shartnomaga ko‘ra, Ellardays “Everton”ni mavsum yakuniga qadar maydonga boshlab tushadi. Bu vaqt ichida u jamoani oyoqqa turg‘azib, iloji boricha yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan pog‘onaga ko‘tarishga harakat qiladi.
Ayni paytda “Everton” 15 ochko bilan APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Ellardaysning ko‘z o‘ngida kechgan so‘nggi bellashuvda “Everton” o‘z uyida “Vest Hem”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchgan, Ueyn Runi shu kuni jamoasi safida ilk bor xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgandi. Bunda livepulliklarni maydonga Devid Ansuort boshlab tushgandi.
63 yoshli Ellardays murabbiylik karyerasini 1991-yilda boshlagan bo‘lib, keyingi vaqt davomida u Angliyaning 9 ta klubida ishlashga ulgurdi. Bunda u asosan o‘rtamiyonalar jamoalar bilan kelishuvga erishdi. Ellardays 2016-yil Angliya milliy terma jamoasini qabul qilib olgan bo‘lsa-da, keyinroq kelishilgan o‘yinlarda gumon qilinib, o‘z lavozimidan ketishga majbur bo‘lgandi. O‘tgan yil esa Londonning “Kristal Pelas” klubini xavfli zonadan qabul qilib olib, jamoani APLda saqlab qola oldi.
Izoh (0)