Rossiyaning Moskva shahrida “Ayol ahamiyatga ega” nomli forum bo‘lib o‘tdi. Forumning “Madaniyat va san’at” yo‘nalishida Mercedes-Benz markasi omadli ayol obrazini ommalashtirish loyihasi uchun taqdirlandi. Bu haqda brendning matbuot xizmati ma’lum qilgan.
She’s Mercedes global tashabbusi Rossiyada 2017-yilning sentabr oyida boshlangan. Loyihaga OAV va onlayn nashrlarda chop etilgan materiallar kirgan. Materiallarda ayollar uchun yaratilgan avtomobillarni boshqarish bo‘yicha maslahatlar berilgan. She’s Mercedes nashrining qog‘oz ko‘rinishi Mercedes-Benz’ning rasmiy dilerlari orasida tarqatiladi, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda ham sahifalar ochilgan.
“Ayol ahamiyatga ega” forumi ayollar, ularning yutuqlari va intilishlari bilan ishlashga qaratilgan istiqbolli loyiha va amaliyotlarni izlashga qaratilgan.