Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenchjen shahrida haydovchisiz harakatlanadigan to‘rtta avtobus sinov tariqasida yo‘nalishga chiqarildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: “Sinxua”

Avtobuslar davomiyligi 1,2 kilometr, uch bekatdan iborat bo‘lgan yo‘nalish bo‘ylab harakatlana boshladi. Avtobuslar soatiga 10—30 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Avtobus ichida haydovchi bor va favqulodda vaziyat yuz bergan taqdirda u tormozni bosishi yoki boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Xabar berishlaricha, bu avtobuslar Milliy Intellektual transport tizimlari muhandislik-texnologik markazi tomonidan Shenchjen jamoat avtobus transporti kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”