Toyota, Lexus va Hyundai Rossiyada joriy yilning yanvar — sentabr oylarida eng ko‘p o‘g‘irlangan avtomobillar bo‘ldi. Mahalliy sug‘urtachilar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Fotolia

So‘rovga ko‘ra, eng ko‘p o‘g‘irlanadigan mashinalar ro‘yxatidan Land Rover, Lada, “UAZ” va Kia rusumlari ham o‘rin oldi.

Shuningdek, ayrim sug‘urta kompaniyalari avtobil o‘g‘rilarining Ford, Mercedes, BMW va Audi markalariga qiziqishini ham qayd etdi.

Sug‘urtachilar Moskva va Sankt-Peterburgni mashina olib qochish nuqtai nazaridan muammoli mintaqalar sifatida tilga oldi. Ular safiga Yekaterinburg va Novosibirskni ham qo‘shish mumkinligi bildirilmoqda.