30-noyabr kuni “Qasoskorlar: Cheksizlik urushlari” filmining birinchi treyleri e’lon qilingan edi. Video bir sutka ichida 230 million marta tomosha qilindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” Entertainment Weekly nashriga asoslanib.
Shu tariqa, u treylerlar ichida tomoshanbinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
Oldingi rekord “U” filmining treyleriga tegishli edi. Stiven Kingning kitobi asosida olingan kartinaning treyleri bir sutka ichida 197 million marta ko‘rilgan edi.