1-dekabr kuni Pokistonning Peshovar shahrida universitet kompleksiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Muqaddam uch qurbon haqida xabar qilingan edi.
Qurbonlar orasida qishloq xo‘jaligi instituti talabalari va xodimlari bor. Bundan tashqari, 35 kishi jarohat oldi.
Xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan operatsiya natijasida hujumga aloqador uch jangari yo‘q qilindi.
Hujum uchun javobgarlikni “Tahriki Toliboni Pokiston” guruhi zimmasiga oldi.
Izoh (0)