Malayziya shimoli-sharqida kuchli suv toshqini tufayli 14 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi va maxsus markazlarga joylashtirildi. Bu haqda 1-dekabr, juma kuni BERNAMA agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kelantan shtatining bir qator tumanlarida bir haftaga yaqin davom etayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Mahalliy hokimiyatning tasdiqlashicha, o‘tgan kunlar mobaynida kamida ikki kishi, jumladan, bir nafar yosh bola halok bo‘lgan.
Shtatning ba’zi tumanlarida daryolar qirg‘og‘idan chiqib ketgan suv sathi to‘rt metrgacha yetgan.
Izoh (0)