JCh—2018 qur’a tashlash marosimini Gari Lineker hamda rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya olib borishi aytilgandi. Marosim boshlanishiga bir necha soat qolgan bir paytda Mariya Komandnaya o‘z Instagram sahifasiga navbatdagi suratini joyladi.

Foto: Google Images

JCh—2018. Qur’a marosimiga 12 kun qoldi. Uni Gari Lineker va rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya olib boradi

Surat bir chetda qolib, unga izoh yozayotgan eronlik futbol muxlislari mavzusi asosiy planga chiqdi. Gap shundaki, forslar Mariya Komandnayadan qur’a tashlash marosimiga ochiq kiyinib chiqmaslikni so‘ray boshladi. Agar bu hol ro‘y bersa, Eron televideniyesi qur’a marosimini uzib qo‘yishi katta ehtimol.

Foto: Instagram

Eron milliy terma jamoasi Rossiya—2018 chiptasini Braziliyadan keyin qo‘lga kiritib, ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgandi. Ya’ni, Osiyo mamlakatlari orasidan birinchi bo‘lib eronliklar bu missiyani uddalay oldi. Ayni paytda mahalliy muxlislar qur’ada Karlush Keyrush boshqaruvidagi Eronga kim raqib bo‘lishini intizorlik bilan kutib turibdi va ular Moskvadagi marosimni jonli ko‘rishdan umidvor.

Foto: Google Images

UzReport JCh—2018 qur’a marosimi translyatsiyasi huquqini xarid qildi. Sport-TV esa uni boshqa uslubda ko‘rsatadi