Istanbul prokuraturasi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Grem Fullerni hibsga olishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda, NTV telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fuller muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen bilan aloqalarda gumon qilinmoqda.
Fullerga qo‘yilayotgan ayblovlar ichida o‘tgan yilgi harbiy to‘ntarishga ishtirok etish, hukumatni ag‘darishga urinish, josuslik kabilar bor.
Oktabr oyida AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin To‘puz Fathulloh Gulen tashkilotiga a’zolikda gumonlanib ushlangani Turkiya va AQSh o‘rtasida diplomatik mojaro keltirib chiqargan edi. Grem Fullerni hibsga olish ruxsatnomasi mazkur ish taftishi doirasida chiqarildi.
Izoh (0)