Christie’s auksion uyida 2,3 million Gonkong dollariga (382 ming AQSh dollari) sotilgan ayollar sumkasi dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan auksionlarda sotilgan eng qimmatbaho sumka sifatida tan olindi. Bu haqda Christie’s auksion uyi sayti xabar bermoqda.

Foto: Christie’s

Hermes brendining timsoh terisi va brilliantlardan ishlangan Niloticus Crocodile Himalaya Birkin 30 sumkasi Gongkongda bo‘lib o‘tgan auksionda sotilgan.

Sumka rangi to‘q rangdan och rangga o‘zgargani uchun unga xuddi shunday nom berilgan. Uni kim sotib olganiga aniqlik kiritilmagan. Xaridor auksionda telefon orqali ishtirok etgan.