Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Nikopol shahrida o‘tayotgan sud majlisida ikkita granata portlatib yuborildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, sudda 2016-yili sodir etilgan qotillik ishi ko‘rib chiqilayotgan edi. Sud zalida o‘ldirilgan shaxsning otasi ham bor edi. U ikkita granatani portlatib yubordi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam yaralandi.
Yaralanganlar orasida sudlanuvchilar va konvoirlar bor.
Yaradorlar shifoxonaga yotqizildi. Ulardan ikkitasiga operatsiya talab qilindi.
Izoh (0)