Twitter tarmog‘ida qulayotgan “Meteor-M” yo‘ldoshi aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”

“Do‘stlarimdan biri Monrealdan qaytayotganida menga bu videoni jo‘natdi. Rossiya yo‘ldoshi orbitaga chiqish uchun qilingan omadsiz urinishdan so‘ng yo‘qotilgan. Bu Yer atmosferasiga kirayotganda yongan o‘sha yo‘ldosh bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Videoda ko‘rinadiki, ko‘p sonli jismlar atmosferada yonib ketmoqda. Buning aynan Rossiya apparati ekanligi haqidagi rasmiy tasdiqlar yo‘q.

Avvalroq Shimoliy Atlantikaning Islandiya hududi ustidan uchib o‘tayotgan samolyot uchuvchisi minglab yonayotgan bo‘laklarga bo‘linayotgan yorqin olovli sharni ko‘rganini aytgan. Shuningdek, u videodagiga o‘xshash olovli yo‘l aks etgan suratlarni ham taqdim etgan.

Rossiya kosmonavtika akademiyasi akademigi Aleksandr Jeleznyakovning fikricha, uchuvchining xabari “Fregat” tezlashuvchi bloki 19 ta yo‘ldosh bilan okeanga qulaganini tasdiqlaydi.