Kechqurun 15 daqiqa va ertalab 10 daqiqa vaqtingizni o‘zingizga bir necha savollar berishga sarf qiling.

Foto: “Layfxaker”

Kun boshlanishida

1.Kecha kechqurundan beri biron bir ahamiyatli voqea yuz berdimi?

Ba’zi voqealar sizni bir kunga mo‘ljallangan rejalaringizni o‘zgartirishga majbur qiladi. Masalan, agar o‘zingiz yoki yaqinlaringiz kasal bo‘lib qolsa grafikni qaytadan tuzishga to‘g‘ri keladi.

Faqat darrov pochtani tekshirishga tushib ketmang. Biron bir xat haqiqatan ham kuningizga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Faqat siz ertalabga rejalashtirgan ishlaringiz bilan bog‘liq xabarlarni ko‘rib chiqing.

2.Bugun nimalar qilish kerak?

Bugun qilinadigan ishlar haqida kechqurun tuzilgan ro‘yxatni ko‘rib chiqing. Zarur bo‘lsa uni to‘ldiring yoki qisqartiring.

3. Hozirning o‘zida nimadan boshlash kerak?

Bitta vazifani tanlang va butun diqqat-e’tiboringizni unga qarating. Uchta ishni qo‘l uchida bajarganingizdan ko‘ra, bitta ishni yaxshiroq qilganingiz ma’qul.

Kun oxirida

1. Bir kunda nimalarga erishdingiz?

Nimalar qilganingiz, natijasi nima bo‘lganini eslab ko‘ring. Hayot — bu kichik qadamlar ketma-ketligidan iborat va agar kichkina g‘alabalardan quvonmasangiz, kattalari tomon harakatlanish qiyin bo‘ladi.

2. Hozirning o‘zida nimadir qilish kerakmi?

Ba’zan o‘zingizni qaysidir ish qilinmasdan qolgandek sezish dam olish va ish haqida unutishga xalal beradi. Unutib qoldirgan ishni topish uchun kelgan xatlarni va ishlar ro‘yxatini tekshiring. Keyin agar u ertaga qolsa nima yuz berishini o‘ylab ko‘ring.

3. Bugun bajarishga ulgurmaganlaringizni qachon qilish kerak?

Bir kun ichida yaqin kunlarda bajarish kerak bo‘ladigan ko‘plab ishlar paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu ularni aynan hozir bajarishga kirishish kerak degani emas. Ularni ertaga yoki boshqa bir aniq vaqtga rejalashtiring, bugun esa ular haqida boshqa o‘ylamaslikka harakat qiling.

Agar siz boshlagan ishingizni bugun tamomlamagan bo‘lsangiz, qayerda to‘xtaganingizni va keyin qanday davom ettirish kerakligini belgilab qo‘ying. Shunda ertasi kun ishingizni davom ettirish osonroq bo‘ladi.

Manba: “Layfxaker”