Agar sizga qahvaning odatdagi mazasi yoqmayotgan bo‘lsa, har bir oshxonada topiladigan mana bu masalliqlar uning ta’mini yanada mazaliroq qilishga yordam beradi.

Foto: Rambler Weekend

1. Kakao kukuni

Ko‘pchilik kafelarda mokkachino ichimligi tayyorlanadi. Bu ichimlikka qahva, sut va shokolad qo‘shiladi. Lekin bu mazali ichimlik siz uchun biroz qimmatlik qilishi mumkin.

Ammo bu ichimlikni o‘zingiz ham uyda bemalol tayyorlay olasiz. Buning uchun qahva donlarini 1-1,5 osh qoshiq shirin bo‘lmagan kakao kukuni bilan birgalikda maydalashingiz kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan qahvaga biroz qaymoq qo‘shing. Bu sizning sevimli ichimligingizga yoqimli shokolad ta’mini va xushbo‘y hidini qo‘shadi.

2. Ziravorlar

Ziravorlarning bir chimdimi xushbo‘y qahva hidiga o‘tkir ta’m qo‘shadi. Buning uchun dolchin, muskat yong‘og‘i, quritilgan lavanda guli, kardamon va ta’bingizga yoqadigan boshqa ziravorlarni ishlatishingiz mumkin. Ularni choy qoshig‘ining ¼ qismi miqdorida maydalangan qahvaga qo‘shasiz va damlaysiz.

3. Ekstraktlar

Ular nafaqat pazandalikda, balki xushbo‘y qahva tayyorlashda ham kerak bo‘ladi. Qahva tayyorlashdan oldin 1 choy qoshiq vanil yoki kokos ekstraktini qahva donlari bilan aralashtiring. Agar siz tajriba qilib ko‘rishdan qo‘rqmasangiz, unda yalpiz ekstrakti yoki hatto rom essensiyasini ham sinab ko‘rishingiz mumkin.

4. Tuz

Tuz qahvaning achchiq ta’mini neytrallashtiradi va natijada ichimlik yanada mazaliroq bo‘ladi. Qahva tayyorlashda choy qoshig‘ining ⅛ qismicha miqdordagi tuzni qahva donlariga qo‘shing.

Manba: “Xitrosti jizni”