Amerika, Britaniya va Niderlandiya olimlari organizmlar umrini uzaytirishning universal usulini topdi, deb yozadi London universiteti kolleji.
Mutaxassislar aniqlashicha, balog‘at yoshida RNK-polimeraz III fermentining faolligi biroz kamayganidan so‘ng, achitqi hujayralarining tirik qolish darajasi, shuningdek, mayda pashshalar va nematoda (gijja)lar umrining davomiyligi taxminan 10 foizga oshgan.
Ularning fikricha, RNK-polimeraza III ning faolligi “tana hujayralari funksiyasiga, ichak salomatligi va hayvonlarning tirik qolish darajasiga salbiy ta’sir qiladi”.
Fermentni tormozlash, tadqiqot ko‘rsatishicha, bu ma’noda rapamitsin immunodepressantini qabul qilish bilan teng.