29-noyabr kuni dastlab qiymati 11 ming dollardan oshgan asosiy kriptovalyuta — bitkoin kursi 10 ming dollardan pastga tushib ketgan edi. Bunga kriptovalyutalar bozorida ro‘y bergan texnik nosozlik sabab bo‘lgani aniqlandi, deb xabar beradi Meduza.
Aytilishicha, Coinbase birjasining ayrim mijozlari 29-noyabr kuni o‘z shaxsiy sahifalariga kira olmagan, boshqa birovlari esa servis sekin ishlaganidan noligan.
MarketWatch nashriga ko‘ra, Coinbase ishidagi nosozlik ushbu servisdan foydalanuvchilar sonining keskin ortib ketishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)